Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi — O‘zbekiston kubogi g‘olibi
Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi — O‘zbekiston kubogi g‘olibi.
24–31 iyul kunlari Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida U-17 yosh toifasidagilar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi.
Bir hafta davomida mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan iqtidorli charmqo‘lqop ustalari g‘oliblik uchun murosasiz va qiziqarli bahslar olib borishdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, 5 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi jamoasi umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi.
Ikkinchi o‘rin 2 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan mezbon Qashqadaryo viloyati vakillariga nasib etdi.
Faxrli uchinchi o‘rinni esa 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medali jamg‘argan Bahodir Jalolov maktabi jamoasi egalladi.
Mazkur musobaqa yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning mahoratini oshirish hamda O‘zbekiston boksining munosib zaxirasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.