locale OZ

Rayan Garsiya va Konor Benn jangi rasman tasdiqlandi

Mazkur bahsda Garsiya o‘ziga tegishli WBC yarim o‘rta vazn toifasi chempionlik kamarini ilk bor himoya qiladi.
Rayan Garsiya va Konor Benn jangi rasman tasdiqlandi
Foto: Getty Images

Professional boksning eng kutilgan qarama-qarshiliklaridan biri rasman tasdiqlandi. 12-sentyabr kuni Las-Vegasdagi T-Mobile Arenada Rayan Garsiya hamda Konor Benn o‘zaro ringga ko‘tariladi. Jang Zuffa Boxing turniri doirasida tashkil etiladi.

Mazkur bahsda Garsiya o‘ziga tegishli WBC yarim o‘rta vazn toifasi chempionlik kamarini ilk bor himoya qiladi. Konor Benn esa faoliyatida ilk marta jahon chempionligi uchun ringga chiqadi.

Jang Meksika Mustaqilligi bayrami haftaligiga bag‘ishlangan yirik boks oqshomining markaziy bahsi bo‘ladi. Ushbu turnir Zuffa Boxing'ning bugungacha e'lon qilingan eng yirik tadbirlaridan biri sifatida baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting