locale OZ

Rayan Garsiya Iliya Topuriya qarshi boks qoidalari boʻyicha jangga rozi boʻldi

Bunga ularning ijtimoiy tarmoqlardagi janjali sabab boʻldi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rayan Garsiya Iliya Topuriya qarshi boks qoidalari boʻyicha jangga rozi boʻldi
FOTO: Getty Images

Yarim oʻrta vazn toifasida WBC chempioni, kelib chiqishi meksikalik boʻlgan amerikalik bokschi Rayan Garsiya yengil vaznda UFC chempioni, 29 yoshli Iliya Topuriya bilan boks qoidalari boʻyicha jang qilishga rozi boʻldi. Bunga ularning ijtimoiy tarmoqlardagi oʻzaro dahanaki jangi sabab boʻlgan.

«MMA jangchilari hammalari steroid qabul qilishlari bilan yomon otliq boʻlishmaganmi? Jagʻingni yop, agar gapirishdan toʻxtay olmasang, sentyabrdagi jangimdan keyin bu masala bilan jiddiy shugʻullanishimiz va seni shunchaki savalashim mumkin», — deya yozib qoldirdi Garsiya oʻzining X (Twitter) sahifasida.

Maʼlumot uchun, Rayan Garsiya hozirda 27 yoshda. Amerikalik sportchi professional boksda 2016 yilda debyut qilgan boʻlib, 2023 yildan buyon yarim oʻrta vazn toifasida jang qilib keladi. Garsiya faoliyati davomida 24 ta gʻalaba (20 tasi nokaut bilan) va 2 ta magʻlubiyat qayd etgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting