locale OZ

Rayan Garsiya fevral oyida chempionlik kamari uchun ringga koʻtariladi

Amerikalik bokschi hozirga qadar jami 24 marta jang qilgan.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rayan Garsiya fevral oyida chempionlik kamari uchun ringga koʻtariladi
FOTO: Getty Images

Amerikalik bokschi Rayan Garsiya (24-2, 20 KO) yarim o‘rta vazn (66,7 kg gacha) toifasida WBC chempionlik kamari uchun jang o‘tkazish yuzasidan vatandoshi Mario Barrios (29-2-2, 18 KO) bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

«Men 21 fevral kuni Mario Barriosga qarshi WBC titul jangini o‘tkazaman. Tayyor bo‘linglar, men kelayapman», — dedi Garsiya ijtimoiy tarmoqlarda.

Rayan Garsiya — 27 yoshda. U 2016 yilda professional boksda debyut qilgan, 2021 yilda yengil vazn (61,2 kg) toifasida WBC vaqtinchalik chempionligini qo‘lga kiritgan. 2023 yildan buyon yarim o‘rta vaznda jang qilib kelmoqda.

Mario Barrios — 30 yoshda. U 2013 yilda professional ringda debyut qilgan, 2019 yilda birinchi yarim o‘rta vazn (63,5 kg) toifasida WBA chempioni, 2024 yilda esa yarim o‘rta vazn bo‘yicha WBC chempioni bo‘lgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting