locale OZ

Rasuljonov — Urvanovga qarshi: Yekaterinburgda jiddiy sinov kutib turibdi

Mag'lubiyatsiz bokschimiz RCC turnirida kuchli raqibga qarshi ringga chiqadi
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Ikkinchi yarim engil vazn toifasida mag'lubiyatsiz odimlayotgan o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi Xurshidbek Rasuljonovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma'lum bo'ldi. 24 yoshli bokschimizning navbatdagi jangini joriy yilning 5 iyul kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida tashkil etiladigan nufuzli RCC Boxing turnirida kuzatamiz. Unda Rasuljonov rossiyalik tajribali bokschi, 29 yoshli Mark Urvanovga qarshi ringga ko'tariladi.

Xurshidbek Rasuljonov hozirgacha 9 ta jang o'tkazgan va barchasida zafar quchgan. Mark Urvanov esa 30 jangda ishtirok etgan: 25 g'alaba, 3 mag'lubiyat va 2 durang qayd etgan.

Shuningdek, mazkur musobaqa doirasida yana bir vakilimiz — Ulug'bek Sobirov ham o'z jangida ishtirok etadi.

Jang kuniga bag'ishlangan afisha (poster) ham taqdim etildi.


Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting