Rasman! Usik va Dyubua o'rtasidagi jangning aniq sanasi ma'lum bo'ldi
FОТО: Sky Sports
12-iyul kuni Londonda joylashgan “Uembli” stadionida Aleksandr Usik va Daniel Dyubua o'rtasida superog'ir vazn toifasida mutlaq jahon chempionligi unvoni uchun jang o'tkaziladi. Bu haqda The Ring nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, jangchilarning jamoalari muzokaralarni yakunlash bosqichida turibdi.
Eslatib o'tamiz, Aleksandr Usik o'zining so'nggi jangini o'tgan yilning dekabr oyida Tayson Fyuriga qarshi o'tkazgan va o'z unvonini muvaffaqiyatli himoya qilgandi.
Dyubua esa oxirgi jangini o'tgan yilning sentyabr oyida Entoni Joshuaga qarshi o'tkazib, raqibini nokautga uchratgandi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist