locale OZ

Rasman: Shohjahon Ergashov mashhur bokschi Ovanes Bachkovga qarshi ringga chiqadi

2 iyul kuni Istanbuldagi IBA.Pro 7 turnirida o‘zbekistonlik chempion navbatdagi sinovini o‘tadi
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

Birinchi yarim o‘rta vazn toifasida IBF kamariga sobiq da’vogar hisoblangan o‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashovning navbatdagi jangi rasman e’lon qilindi.

Ham yurtdoshimiz 2 iyul kuni Turkiyaning Istanbul shahridagi Rixos Tersane majmuasida bo‘lib o‘tadigan IBA.Pro 7 turniri doirasida ringga chiqadi. Turnir tashkilotchilari ma’lum qilishicha, Ergashov ushbu kechada Armaniston vakili — tajribali va mashhur bokschi Ovanes Bachkov bilan kuch sinashadi.

Shohjahon Ergashov, 33 yosh — 27 jang, 25 g‘alaba, 2 mag‘lubiyat
Ovanes Bachkov, 32 yosh — 7 jang, 7 g‘alaba

Ushbu jang kechaning markaziy to‘qnashuvi bo‘lmasa-da, turnirning e’tiborga molik janglaridan biri sifatida kutilmoqda. Turnirning asosiy jangidan o‘rin esa super yarim engil vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun Albert Batirgaziyev va Jeyms Dickens bahsiga berilgan.

Ergashov – Bachkov to‘qnashuvi nafaqat muxlislar, balki mutaxassislar tomonidan ham katta qiziqish bilan kutilmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting