locale OZ

Rasman: Meyvezer va Pakyao sentyabr oyida ikkinchi bor oʻzaro to'qnash keladi

Ular oʻrtasidagi dastlabki toʻqnashuvda amerikalik bokschi gʻalaba qozongandi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Meyvezer va Pakyao sentyabr oyida ikkinchi bor oʻzaro to'qnash keladi
FОТО: Reuters

Afsonaviy bokschilar Floyd Meyvezer va Menni Pakyao 2026 yil 19 sentyabr kuni o‘zaro ikkinchi bor to‘qnash kelishadi. Mazkur uchrashuv Las-Vegasdagi mashhur «Sphere» arenasida bo‘lib o‘tadi. Dunyo bo‘ylab ushbu jangning translyatsiyasi bilan «Netflix» striming servisi shug‘ullanadi.

E’tiborli jihati shundaki, so‘nggi yillarda har ikki faxriy bokschi ishtirok etgan ko‘rgazmali janglardan farqli olaroq, ushbu to‘qnashuv rasmiy professional maqomga ega bo‘ladi. Floyd Meyvezer revanshga 50-0 (27 nokaut) ko‘rinishidagi mukammal natija bilan yetib kelmoqda. Menni Pakyao hisobida esa 62 g‘alaba (39 nokaut), sakkizta mag‘lubiyat va uchta durang mavjud.

Raqiblar o‘rtasidagi ilk jang 2015 yilning may oyida bo‘lib o‘tgan va «Asr jangi» nomini olgan edi. O‘shanda amerikalik Meyvezer hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozonib, yarim o‘rta vazn toifasida WBA, WBC va WBO chempionlik kamarlarini himoya qilgan edi. O‘sha uchrashuv boks tarixidagi eng daromadli sport tadbirlaridan biri sifatida rekord o‘rnatgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting