locale OZ

Rasman: Jeyk Pol Entoni Joshuaga qarshi jang qiladi

Toʻqnashuv 19 dekabr kuni Mayamida oʻtkaziladi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Jeyk Pol Entoni Joshuaga qarshi jang qiladi
FOTO: Getty Images

19 dekabr kuni AQShning Mayami shahrida joylashgan «Kaseya Center» arenasida professional boks oqshomi tashkil etiladi.

Kechaning asosiy jangida Entoni Joshua videobloger Jeyk Polga qarshi ringga koʻtariladi. Bu haqda Netflix rasman eʼlon qildi.

Maʼlumot uchun, Joshua (28-4) oʻzining soʻnggi janggini 2024 yilning sentyabrida Daniel Dyubuaga qarshi oʻtkazib, nokautga uchragan. Pol esa oʻtgan yozda Julio Sezar Chaves Jr. bilan toʻqnash kelib, gʻalaba qozongan.

Qayd etilishicha, jangchilar ishtirokidagi dastlabki matbuot anjumani 21 noyabr sanasida boʻlib oʻtadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting