Rasman: IBF Vasiliy Lomachenkoga chempionlik kamarini qaytardi


Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) ukrainalik mashhur bokschi Vasiliy Lomachenkoning (18–3, 12 KO) faoliyatini yakunlagani munosabati bilan uni chempionlik kamaridan mahrum qildi. IBF rasmiy bayonotida qayd etilishicha, ushbu qaror natijasida yengil vazn toifasida vaqtinchalik chempion boʻlgan Reymond Muratalla toʻliq toifadagi IBF chempioni sifatida tan olindi. Shuningdek, 14 iyun kuni Endi Kruz va Xironori Mishiro oʻrtasidagi jangda majburiy da’vogar aniqlanadi.
IBF Lomachenkoning ringdagi karerasini yuqori baholadi:
“IBF janob Lomachenkoni oʻzining sobiq chempionlari qatorida koʻrishdan faxrlanadi. Uning professional va havaskor yoʻnalishlardagi yutuqlari tahsinga loyiq. Lomachenko boks dunyosiga ilhom va mahorat merosini qoldirdi. Uning izi kelajak avlod uchun yoʻlchiroq boʻlib qoladi,” — deyiladi tashkilot bayonotida.
Eslatma: 37 yoshli Lomachenko soʻnggi bor 2024 yil may oyida Jorj Kambososga qarshi jang oʻtkazib, unda yaqqol gʻalaba qozongan va IBF kamarini qoʻlga kiritgan edi.

Futbol
Kecha da 15:55

Futbol
Kecha da 13:50

Futbol
Kecha da 10:19