locale OZ

Rasman. Bahodir Jalolovning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

Jang 6 oktyabr kuniga belgilangan.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman. Bahodir Jalolovning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi
Фото: Ring

O‘zbekistonlik super og‘ir vazn toifasida ringga chiqadigan Bahodir Jalolov (15–0, 14 KO) navbatdagi jangini 6 oktyabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tadigan “IBA Pro 10” turnirida o‘tkazadi. Bu haqda tashkilotning Instagram sahifasida xabar qilindi.

Bu safar Jalolovning raqibi rossiyalik bokschi Vitaliy Kuduxov (7–3, 3 KO) bo‘ladi. Kuduxov avgust oyida rossiyalik boshqa bir bokschi Vartan Arutyunyanga qarshi ringga chiqib, imkoniyatni boy bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov so‘nggi jangini 2025 yil aprel oyida Ostona shahrida ukrainalik Igor Shevadzutskiyga qarshi o‘tkazgan va hakamlar yakdil qarori bilan g‘alaba qozongan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting