Rahmatjon Ro‘zioxunov: Xitoy Taypeyi delegatsiyasi mutasaddilari qo‘shma mashg‘ulot o‘tkazishni iltimos qilishdi
Xabaringiz bor, terma jamoamiz Mo‘g‘uliston mezbonligidagi Osiyo chempionatiga jo‘nab ketishgan. Vakillarimiz Ulan-Bator shahriga yetib borishdi…
Biz O‘zbekiston terma jamoasi katta murabbiyi Rahmatjon Ro‘zioxunov bilan bog‘lanib, yaratilgan shart-sharoitlar va umuman terma jamoadagi kayfiyatlar haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.
"Bizni yaxshi kutib olishdi. Biroq, sharoitlar ajoyib desam biroz oshirib yuborgan bo‘laman. Mehmonxona oshxonasining taomnomasida sportchilar uchun biroz kamchiliklar borligi ko‘zga tashlandi. Shundan so‘ng biz O‘zbekiston boks federatsiyasiga aloqaga chiqdik va rahbariyatimiz bizni kerakli oziq-ovqat bilan ta’minladi. Yo‘llar tirbandligi uchun mashg‘ulotlarga piyoda borishga to‘g‘ri kelyapti. Havo biroz sovuqligi uchun mashg‘ulotdan keyin jamoa a’zolari shamollab qolmasligi uchun harakat qilyapmiz.
Umuman olganda barcha jamoalar bir xil sharoitda. Bu biz uchun qandaydir bahona emas!
Shularni inobatga olmaganda, terma jamoada kayfiyat juda yaxshi va jangovar holatda. Kecha Xitoy Taypeyi delegatsiyasi mutasaddilari qo‘shma mashg‘ulot o‘tkazishni iltimos qilishdi. Ular bilan birgalikda ishladik. Nasib qilsa, yaxshi natijalar bilan qaytamiz",-dedi murabbiy.