Qozog‘istonlik bokschi birinchi raundda g‘alaba qozondi
Asrorbek Rahimov Tarazdagi jangda mag‘lubiyatga uchradi
Rasm: Telegram
Taraz shahrida RD Promotion tomonidan tashkil etilgan boks kechasida o‘zbekistonlik Asrorbek Rahimov mezbon bokschi Alisher Abdualimgа qarshi ringga ko‘tarildi. Birinchi yarim o‘rta vazn toifasida bo‘lib o‘tgan jang kutilmagan tarzda ilk raunddayoq yakunlandi.
Sakkiz raundga mo‘ljallangan jangda Abdualimgа uch daqiqadan kam vaqt kifoya bo‘ldi. U ketma-ket zarbalar yo‘llab, Rahimovni nokautga jo‘natdi va hakam jangni to‘xtatdi.
Alisher Abdualim uchun bu g‘alaba professional ringdagi beshinchisi bo‘ldi. U hali mag‘lubiyat nimaligini bilmaydi va hisobida 5 g‘alaba (ulardan uchtasi muddatidan oldin) mavjud.
Asrorbek Rahimov esa o‘zining to‘rtinchi mag‘lubiyatini qayd etdi. Hozirda uning natijasi 6 g‘alaba va 4 mag‘lubiyatdan iborat.
Bakradze Iman
Redaktor