locale OZ

«Prezident Olimpiadasi»da gʻolib va sovrindor boʻlgan toshkentlik sportchilar taqdirlanishdi

Marosim davomida 51 nafar sportchi planshet, 35 nafar murabbiy televizor bilan taqdirlandi,
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Prezident Olimpiadasi»da gʻolib va sovrindor boʻlgan toshkentlik sportchilar taqdirlanishdi
Фото: Olympic.uz

Joriy yil oʻtkazilgan “Prezident Olimpiadasi” musobaqasida umumjamoa hisobida Toshkent shahri jamoasi faxrli birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan edi. Shu munosabat bilan poytaxtimizdagi “Renessans” kino uyida musobaqada shohsupaga koʻtarilgan Toshkent shahri vakillari, shuningdek, yuqori natija qayd etgan shahar federatsiya boʻlimlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi hamda Toshkent shahar hokimligi rahbariyati, shahar sport boshqarmasi mutasaddilari, sportchilar va ularning yaqinlari ishtirok etdi.

Marosim davomida 51 nafar sportchi planshet, 35 nafar murabbiy televizor bilan taqdirlandi, shuningdek, taekvondo WT, sport kurashlari, badiiy gimnastika va 3x3 basketbol yoʻnalishlarida yangi sport obyektlarini barpo etish uchun federatsiya boʻlimlariga maxsus vaucherlar topshirildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting