Pakyao 2026 yilda bir nechta jang oʻtkazishni rejalashtirmoqda
Filippinlik bokschi hozirda 46 yoshda.
FOTO: Getty Images
Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni, filippinlik Menni Pakyao 2026 yilda bir nechta jang o‘tkazishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
«2026 yil uchun rejalarimda bir nechta jang bor. Hozir muzokaralar olib boryapmiz», — dedi Pakyao TASS nashriga bergan intervyusida.
2025 yil 20 iyul kuni Pakyao to‘rt yillik tanaffusdan so‘ng ringga qaytib, Mario Barriosga qarshi jang o‘tkazdi. Ushbu bahs durang natija bilan yakunlandi.
46 yoshli Menni Pakyao faoliyati davomida 62 ta g‘alaba (39 tasi nokaut bilan), 8 ta mag‘lubiyat va 3 ta durang qayd etgan. U boks tarixida sakkizta vazn toifasida jahon chempioni bo‘lgan yagona bokschi hisoblanadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist