O‘zbekistonlik yana uch bokschi Jahon kubogida ringga chiqadi
Ayollar terma jamoasi kechagi bahslarda ikki g‘alabani qo‘lga kiritdi, bugun yana uch bokschi raqobatga qo‘shiladi
Rasm: boxing.uz
Ostonada bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasining navbatdagi kuni yakunlandi. Unda O‘zbekiston ayollar terma jamoasidan uch nafar sportchi ishtirok etdi. Ularning ikkitasi g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
• -54 kg: Feruza Qozoqova — Anel Sakish (Qozog‘iston) — 5:0
• -57 kg: Xumorabonu Mamajonova — Shi-Yi Vu (Xitoy Taypeyi) — 0:5
• -75 kg: Aziza Zokirova — Oliviya Toborek (Polsha) — 5:0
2 iyul kuni ham saralash bosqichida yana uch nafar hamyurtimiz ishtirok etadi. Ular quyidagi raqiblarga qarshi jang qiladi:
• -48 kg: Farzona Fozilova — Nazim Kizaibay (Qozog‘iston)
• -51 kg: Sabina Boboqulova — Martina Vassallo (Italiya)
• -65 kg: Navbahor Hamidova — Angelsen Madeleyne (Norvegiya)
Bakradze Iman
Redaktor