O‘zbekistonlik qizlar Bangkok turnirida zafar quchishda davom etmoqda
Robiya Baxtiyorova, Gulsevar Ganieva va Xumorabonu Mamajonova keyingi bosqichga yo‘l oldi
Rasm: Telegram
Bangkokda boks bo‘yicha xalqaro turnir qizg‘in pallaga kirdi va o‘zbekistonlik sportchilarimiz g‘alabalarini davom ettirmoqda.
-48 kg vazn toifasida Robiya Baxtiyorova filippinlik Ofelia Magnoni mutlaq ustunlik bilan — 5:0 hisobida mag‘lub etdi.
-51 kg vaznda Gulsevar Ganieva hindistonlik Devika Gorpadeni 5:0 hisobida taslim etdi.
-57 kg vaznda esa Xumorabonu Mamajonova qozog‘istonlik Viktoriya Baidukovani qiyin kurashda — 3:2 hisobida mag‘lub etdi.
Turnir davom etmoqda va bokschilarimiz keyingi bosqichda yana yurt sharafini himoya qiladilar.
Bakradze Iman
Redaktor