locale OZ

O‘zbekistonlik bokschilardan yana ikki muhim g‘alaba

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekistonlik bokschilardan yana ikki muhim g‘alaba
Rasm: boxing.uz

Kecha, 27 may kuni bo‘lib o‘tgan chorak final bellashuvlarida ikki nafar bokschimiz yarim finalga yo‘l oldi.

54 kg vazn toifasida Feruza Kazakova hindistonlik Abha Singxni aniq ustunlik bilan — 5:0 hisobida mag‘lub etib, musobaqaning yarim finaliga chiqdi.

50 kg vaznda Shodiyorjon Meliquziev ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. U chorak finalda hindistonlik Kongkam Singx ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozondi va navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.

Afsuski, 65 kg vaznda jang qilgan Sayat Ilyasov taylandlik Pidnuch Xunatipga 0:5 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi.

Yarim final bahslari oldidan jamoamiz uchun muhim g‘alabalar va muvaffaqiyatli natijalar. Bokschilarimizga yanada yuqori bosqichlarda omad tilaymiz.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting