locale OZ

O‘zbekistonlik bokschilar yarim finalda!

Mahmudjonov, Zayniddinov va Jo‘raqulov raqiblarini mag‘lub etib, keyingi bosqichga chiqishdi
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram

Xalqaro boks musobaqasi doirasida o‘zbekistonlik bokschilar yana bir bor o‘z mahoratlarini namoyon etishdi. Bir nechta vazn toifasidagi chorak final janglari yurtdoshlarimiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

-60 kg vazn toifasida jang qilgan Abdurahmon Mahmudjonov xitoylik Kun Vang ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘l oldi.

Shuningdek, -65 kg vaznda ringga ko‘tarilgan Jahongir Zayniddinov Janubiy Koreya vakili Seyoung Songni mutlaq ustunlik bilan mag‘lub etdi — 5:0.

Abdulaziz Jo‘raqulov esa -70 kg vazndagi bahsda xitoylik Haosheng Zhang ustidan ishonchli g‘alaba qozondi — 5:0. U ham yarim finalga yo‘llanma oldi.

O‘zbekiston bokschilari musobaqaning hal qiluvchi bosqichlari oldidan juda yaxshi sport formadalarini yana bir bor namoyon qilishmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting