locale OZ

O‘zbekistonlik bokschilar Tailanddagi xalqaro musobaqada 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: boxing.uz

Tailandda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro boks musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari yarim final bosqichida ringga chiqib, 3 ta bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.

-70 kg vazn toifasida jang qilgan Oysha Toirova xitoylik Zhao Chunyuan bilan bahsda 0:5 hisobida mag‘lub bo‘lib, bronza medali bilan cheklanib qoldi.

-80 kg vaznda Samandar Jalolov Tanglatihan Tuohetaerbiek (Xitoy)ga qarshi jangda 0:5 hisobida yutqazib, musobaqani uchinchi o‘rin bilan yakunladi.

Madiyar Daniyarov esa yarim finalda iordaniyalik Mohammad Abu bilan bahs olib bordi. Teng kurashda o‘tgan jang hakamlar qaroriga ko‘ra 2:3 hisobida raqib g‘alabasi bilan yakunlandi. Daniyarov ham bronza medali sohibi bo‘ldi.

O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada ishtirokini davom ettirmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting