O'zbekistonlik bokschilar Ozarbayjonda bo'lib o'tadigan xalqaro turnirda ishtirok etadi
11–14 aprel kunlari Ozarbayjonning poytaxti Boku shahrida «Buyuk Ipak yo'li» xalqaro boks turniri bo'lib o'tadi. Mazkur musobaqada O'zbekiston terma jamoasi bokschilari ham ishtirok etadilar. Shuningdek, jahon chempionati finalchisi Saidjamshid Jafarov ham Ozarbayjon sharafini himoya qilib ringga chiqadi. U avvalgi yillarda O'zbekiston sharafini himoya qilgan. Jafarov -75 kg vazn toifasida ishtirok etadi. Bu vaznda O'zbekiston sharafini Azizbek Boriboyev himoya qiladi.
O'zbekiston terma jamoasi tarkibi:
-48 kg: Behruz Holodorov
-51 kg: Abdulla Sattarov
-54 kg: Shahzod Muzaffarov
-57 kg: Sobirjon Tastanov, Shakarboy Jo'rayev, Nodirbek Allaberganov
-60 kg: Samandar Olimov, Davlatbek Azamov, Jamshidxo'ja Saparxo'jaev
-63,5 kg: Dilshod Abdumurodov, Sayat Ilyasov
-67 kg: Shahboz Yunusaliev
-71 kg: Sardar Abdumotaliyev, Bekzod Xamidov, Shavkat Boltaev
-75 kg: Azizbek Boriboyev
-80 kg: Jasurbek Yo'ldoshev
-92 kg: Shahzod Polvonov
+92 kg: Armon Maxanov, Abdurahmon Rustamov
Murabbiylar: Alimardon Dostanov, Odilbek Allaberganov, Ilyos Rahimjonov, Mansur Muqimov.