locale OZ

O‘zbekistonlik bokschilar Jahon Kubogida ishonchli tarzda debyut qildilar

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekistonlik bokschilar Jahon Kubogida ishonchli tarzda debyut qildilar
Rasm: Yuz.uz Javohir Ummataliyev

30-martdan 7-aprelgacha Braziliyaning Fos-du-Iguasu shahrida boks bo‘yicha Jahon kubogining birinchi bosqichi o‘tkazilmoqda. Musobaqaning birinchi kunida O‘zbekistonning uch nafar vakili ringga chiqdi. Ishonchli janglarda uchala bokschilarimiz ham raqiblarini mag‘lub etishdi. Jahon kubogining keyingi bosqichiga Mirazizbek Mirzaxalilov (55 kg gacha), Iqboljon Xoldorov (70 kg gacha) va Javohir Ummataliyev (80 kg gacha) yo‘l oldi.

Jang natijalari:
-55 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov — Nebil Ibrahim (Shvetsiya) 5:0
-70 kg: Iqboljon Xoldorov — Damyan Durkach (Polsha) 5:0
-80 kg: Javohir Ummataliyev — Alfred Kommi (Italiya) 4:1

Braziliyada o‘tayotgan Jahon kubogining birinchi bosqichida 18 mamlakatdan 130 nafar bokschi ishtirok etmoqda. Turnirning keyingi bosqichi 30-iyundan 7-iyulgacha Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting