locale OZ

O‘zbekistonlik bokschilar jahon kubogida 12 ta medalga ega bo‘lishdi

Xalokov, Habibullaev, Ummataliev va O‘ktamova oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekistonlik bokschilar jahon kubogida 12 ta medalga ega bo‘lishdi
Фото: Olympic.uz

Xitoyning Guiyang shahrida tashkil etilgan Jahon kubogi o‘z yakuniga yetdi.

Ushbu musobaqada ham ajoyib ishtirok etgan terma jamoamiz jami 12 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Erkaklar terma jamoamiz 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan yana yetakchi bo‘ldi. Ikkinchi pog‘onani Qozog‘iston 3 ta oltin va 3 ta bronza medali bilan band etgan bo‘lsa, kuchli uchlikni Frantsiya terma jamoasi egalladi.

Umumiy jadvalda esa mezbonlar – Xitoy terma jamoasi 5 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza bilan birinchi, 5 ta oltin va 3 ta bronza bilan Qozog‘iston ikkinchi, hamda 4 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronzani qo‘lga kiritgan terma jamoamiz kuchli uchlikdan o‘rin oldi.

G‘olib va sovrindorlarimiz bilan tanishing:

Oltin medal:

-60 kg. Abdumalik Xalokov
-90 kg. To‘rabek Habibullaev
-80 kg. Javohir Ummataliev
-57 kg. Nigina O‘ktamova

Kumush medal:
-50 kg. Asilbek Jalilov
-48 kg. Farzona Fozilova
+80 kg. Oltinoy Sotimboyeva

Bronza medal:
-85 kg. Akmaljon Isroilov
+90 kg. Arman Maxanov
-60 kg. Sitora Turdibekova
-75 kg. Aziza Zokirova

Bosh murabbiylar: To‘lqin Qilichev, Elshod Rasulov.

Murabbiylar: Xuan Enrike Steyners, Rahmatjon Ro‘ziohonov, Akmal Hasanov, Davron G‘afurov, Islom Tadjiboyev, Shahzoda Umarova, Sharif Narziqulov, Shukurulla Vapaev.

Shifokor: Komiljon Rasulov.
Fizioterapevt: Xesus Alberto

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting