locale OZ

O‘zbekistonlik bokschilar Islom birdamlik o‘yinlarida 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

3 nafar sportchi oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekistonlik bokschilar Islom birdamlik o‘yinlarida 6 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Фото: Boxing Uzbekistan

Saudiya Arabistoni mezbonlik qilgan ushbu kompleks musobaqaning bugun boks bahslari o‘z yakuniga yetdi.

Yakunlarga ko‘ra, 8 nafar bokschi bilan ishtirok etgan vakillarimiz, 3 ta oltin, 1 kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Yigitlarimiz yana bir bor o‘z toifasida peshqadam bo‘lishdi. Umumjamoa hisobida bo‘lsa ikkinchi bo‘ldik, bizdan oldinda Turkiya jamoasi.

G‘olib va sovrindorlarimiz bilan tanishing:

Oltin medal:
-60 kg. Madiyar Daniyarov
-65 kg. Abdulloh Madaminov
-57 kg. Xumorabonu Mamajonova

Kumush medal:
-60 kg. Odinaxon Ismoilova

Bronza medal:
-51 kg. Zilolaxon Yusufova
-54 kg. Uzukjamol Yunusova

Murabbiylar: Akmal Hasanov, Islom Tadjibayev, Ramzjon Ahmedov, Akmal Qosimov.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting