locale OZ

O‘zbekiston va Qozog‘iston sportdagi hamkorlikni mustahkamlmoqda

Olmaotada o‘tkazilgan uchrashuvda qo‘shma yig‘inlar, musobaqalarga tayyorgarlik va yoshlar seleksiyasi muhokama qilindi
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz

O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitalari rahbariyati hozirda Qozog‘istonning Olmaota shahrida xizmat safarida bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida rasmiylar qarindosh mamlakat bilan sport sohasidagi aloqalarni kengaytirish maqsadida qator uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

3 iyul kuni Qozog‘iston Turizm va sport vaziri Erbol Mirzabosinov hamda Qozog‘iston Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti — mashhur bokschi Gennadiy Golovkin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralarda sport sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish, jumladan, terma jamoalar uchun qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazish, xalqaro musobaqalarga tayyorgarlikni hamkorlikda tashkil etish, iqtidorli yoshlarni saralab olish hamda infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Ushbu tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi sport munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting