locale OZ

O‘zbekiston bokschilarining Liverpuldagi jahon chempionati uchun dastlabki tarkibi ma’lum bo‘ldi

To‘lqin Qilichev shogirdlari ilk World Boxing jahon chempionatiga tayyorgarlikni boshladi
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram

4–14 sentyabr kunlari Liverpul shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi. Bu musobaqa World Boxing tashkiloti tomonidan tarixda ilk bor o‘tkazilayotgan jahon birinchiligi sifatida katta ahamiyatga ega.

Hozircha O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi rasmiy e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, bosh murabbiy To‘lqin Qilichev ijtimoiy tarmoqda bokschilar bilan birga tushgan suratni joylashtirdi. Unda kelasi chempionatda ishtirok etishi kutilayotgan sportchilar ko‘rsatilgan.

Dastlabki tarkib quyidagicha:
• 50 kg: Shodiyor Meliquziyev
• 55 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov
• 60 kg: Abdumalik Xalokov
• 65 kg: Asadxon Mo‘ydinxo‘jayev
• 70 kg: Shavkatjon Boltaev
• 75 kg: Fazliddin Erkinboev
• 80 kg: Javohir Ummataliev
• 85 kg: Akmaljon Isroilov
• 90 kg: To‘rabek Xabibullaev
• +90 kg: Jahongir Zokirov

Ayni paytda terma jamoamiz Britaniyada yig‘in o‘tkazib, bo‘lajak musobaqaga qizg‘in tayyorgarlik olib bormoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting