O‘zbekiston bokschilari Xitoydan 8 ta medal bilan qaytishdi
Dzuni shahridagi xalqaro turnirda yurtimiz vakillari 3 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medalga ega bo‘lishdi
Rasm: Gazeta.uz
Xitoyning Dzuni shahrida kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan boks bo‘yicha xalqaro turnir o‘z nihoyasiga yetdi. Sakkiz kun davom etgan musobaqada O‘zbekistonning erkaklar va ayollar terma jamoalari ham ishtirok etishdi.
O‘tkazilgan janglar yakuniga ko‘ra, hamyurtlarimiz jami 8 ta medalga sazovor bo‘lishdi — 3 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza.
Medal sohiblari:
Oltin medal:
– Abdulloh Ma’daminov (–63,5 kg)
– Arman Mahanov (+92 kg)
– Dilfuza Bekova (–66 kg)
Kumush medal:
– Nigina O‘ktamova (–57 kg)
Bronza medal:
– Samandar Habibullaev (–71 kg)
– Zilolaxon Yusupova (–50 kg)
– Muxlisa Xushvaqtova (–54 kg)
– Rashida Tagirova (–60 kg)
Murabbiylar:
Nursulton Bo‘rixonov, Ramzjon Ahmedov, Farrux Jo‘rayev, Lazizjon Sharifjonov.
Bakradze Iman
Redaktor