locale OZ

Oʻzbekiston bokschilari Xitoydagi xalqaro yigʻinda ishtirok etadi

3–18 iyul kunlari Tszyunyi shahrida mashgʻulotlar va musobaqalar boʻlib oʻtadi
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: boxing.uz

Yurtimiz vakillari 3 iyul kuni Xitoyning Tszyunyi shahriga yoʻl olishdi. U yerda 18 iyulgacha davom etadigan xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻini va turnirda qatnashadilar.

Yigʻin dasturiga koʻra, bokschilarimiz avval 7 kunlik tayyorgarlik mashgʻulotlarini oʻtkazishadi, 10 iyul kuni esa shu shaharda tashkil etiladigan xalqaro musobaqada ringga chiqishadi. Ayollar terma jamoasi aʼzolari esa 10 iyul kuni Xitoyga yetib borishlari rejalashtirilgan.

Tarkib:

Yigitlar:
• 51 kg — Muhammadqodir Mamirjonov
• 57 kg — Xoʻjanazar Nortojiyev
• 63,5 kg — Abdulloh Maʼdaminov
• 71 kg — Samandar Habibullayev
• 80 kg — Samandar Jalolov
• 92 kg — Diyorbek Uralov
• +92 kg — Arman Maxanov

Qizlar:
• 50 kg — Zilolaxon Yusupova
• 54 kg — Muxlisa Xushvaqtova
• 57 kg — Nigina Oʻktamova
• 60 kg — Rashida Tagirova
• 66 kg — Dilfuza Bekova

Murabbiylar:
Nursulton Boʻrixonov, Ramzjon Ahmedov, Farrux Joʻrayev, Lazizjon Sharifjonov.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting