locale OZ

O‘zbekiston bokschilari Jahon kubogida ishtirok etmaydi

Ostonadagi nufuzli musobaqada terma jamoamiz qatnashayotgani avval xabar qilingandi, biroq keyin qaror o‘zgardi
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

30 iyundan 7 iyulgacha Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan Jahon kubogida O‘zbekiston erkaklar boks terma jamoasi ishtirok etmaydi. Bu haqda Qozog‘iston milliy jamoasi bosh murabbiyi Qayrat Satjanov ma’lum qildi.

“O‘zbekiston avval musobaqada qatnashish uchun ro‘yxat yuborgandi. Bir-ikki hafta o‘tgach esa, kelmasliklarini ma’lum qilishdi. Ostonada jahon chempionlari, Olimpiada g‘oliblari va Osiyo chempionlari ishtirok etadi. Musobaqa juda yuqori saviyada o‘tadi, deb umid qilaman”, — dedi Satjanov.

Avvalroq, sports24.uz nashri O‘zbekiston boks federatsiyasiga tayanib, terma jamoamiz musobaqada ishtirok etishi haqida xabar tarqatgan edi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting