O‘zbekiston bokschilari Jahon kubogida ishtirok etadi, ammo faqat ayollar tarkibida
Ostonadagi musobaqada erkaklar terma jamoasi qatnashmaydi
Rasm: Gazeta.uz
Avvalroq Qozog‘iston boks terma jamoasi bosh murabbiyi Qayrat Satjanov Ostona shahridagi World Boxing Jahon kubogida O‘zbekiston terma jamoasi ishtirok etmasligini ma’lum qilgandi.
Biroq Olamsport.com sayti manbalariga ko‘ra, musobaqada O‘zbekiston sharafini ayollar terma jamoasi himoya qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Jahon kubogi 30 iyundan 6 iyulgacha Qozog‘iston poytaxtida bo‘lib o‘tadi.
Bakradze Iman
Redaktor