locale OZ

Oʻzbekiston boks terma jamoasi “Eindhoven kubogi”da ishtirok etadi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

6–9 iyun kunlari Niderlandiyaning Eindhoven shahrida joylashgan Van der Valk Hotel majmuasida boks boʻyicha nufuzli “Eindhoven boks kubogi” xalqaro turniri boʻlib oʻtadi.

Turnirning rasmiy Instagram sahifasida berilgan maʼlumotga koʻra, musobaqada Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi. Jumladan, ringga Olimpiya oʻyinlari gʻoliblari — Asadxuja Moʻydinxujayev va Abdumalik Xalokov chiqishi kutilmoqda.

Toʻrt kunlik bellashuvlarda Qozogʻiston terma jamoasi ham qatnashishi tasdiqlangan. Ayni paytda Oʻzbekiston boks federatsiyasi rasmiy ravishda oʻz ishtiroki boʻyicha maʼlumot bermagan boʻlsa-da, turnir tashkilotchilari jamoamizning qatnashishi haqida xabar bergan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting