O‘zbekiston boks federatsiyasi Bosh kotibi Shohid Tillaboyev Bahrayndagi turnirda qatnashayotgan bokschilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
Yig‘ilishda jamoamizning qo‘lga kiritilayotgan natijalari muhokama qilindi.
photo: boks Uzbekistan
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Bahrayn davlati o‘smirlar o‘rtasida Osiyo o‘yinlari kompleks musobaqalariga mezbonlik qilmoqda.
Ushbu turnirda terma jamoalarimiz ham ishtirok etishmoqda. Bugun jamoalarimiz a’zolari bilan O‘zbekiston boks federatsiyasi Bosh kotibi Shohid Tillaboyev uchrashuv o‘tkazdi.
Yig‘ilishda jamoamizning qo‘lga kiritilayotgan natijalari muhokama qilindi va kundalik shtab tuzilib, bo‘lib o‘tgan janglar tahlili olib borilmoqda.
Jumladan, Shohid Tillaboyev bokschilarimizga omad tilab, yana bir bor terma jamoalarimiz Osiyoda tengsiz ekanligini isbotlab qo‘yishiga ishonch bildirdi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor