locale OZ

O‘zbek qizlari xalqaro ringda: bir bronza, bir yarim final va bir mag‘lubiyat

Navbahor Hamidova yarim finalga chiqdi, Oltinoy Sotimboyeva bronza medalini qo‘lga kiritdi
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: boxing.uz

Kecha, 4-iyul kuni o‘tgan janglarda o‘zbekistonlik ayol bokschilar turli natijalarga erishishdi. Sabina Boboqulova -51 kg vazn toifasidagi chorak finalda finlandiyalik Pila Kaivo-Ojaga qarshi jangda 0:5 hisobida yutqazib, musobaqani shu bosqichda yakunladi.

Navbahor Hamidova esa -65 kg vaznda braziliyalik Beatriz Oliveira ustidan muvaffaqiyatli chiqib, 5:0 hisobidagi ishonchli g‘alaba bilan yarim finalga yo‘l oldi.

+80 kg vazn toifasidagi yarim finalda Oltinoy Sotimboyeva Qozog‘iston vakili Eldana Talipovaga qarshi jangda 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi va bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting