O'zbek bokschilari xalqaro turnirda ishtirok etishdi
Ozarbayjonning Boku shahrida 17 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida an’anaviy “HEYDAR ALIYEV CUP” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.
photo: boks Uzbekistan
Xabar qilganimizdek, 1–8 may kunlari Ozarbayjonning Boku shahrida 17 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida an’anaviy “HEYDAR ALIYEV CUP” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada 7 ta davlatdan 200 ga yaqin sportchilar ishtirok etishdi. Bokschilarimiz yakunda musobaqani 3 ta oltin, 1 kumush va 5 ta bronza medali bilan yakunladilar.
G‘olib va sovrindorlarimiz bilan tanishing:
Oltin medal:
Suvonbek Yo‘ldoshev
Iskandar Qadamboyev
Azizbek Nazrullayev
Kumush medal:
Fayozbek Rahmonaliyev
Bronza medal:
Jahongir Usmonqulov
Axmad Turdiniyozov
Iskandar Abdullayev
Temur Xolmurodov
Elshod Oblaqulov
Murabbiylar: Shuxrat Kamolov, Mo‘minjon Ahmedov.
Ibrohim Jalolov
Redaktor