locale OZ

Osmirlarimizdan yuz foizlik natija! Barcha bokschilar — oltin!

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

10–14 iyun kunlari Qirg‘izistonning Cho‘lpon-Ota shahrida o‘tkazilgan IX xalqaro «Qirg‘iziston gavhari» sport o‘yinlari o‘z nihoyasiga yetdi. Turnir doirasidagi boks bahslarida yurtimiz sharafini o‘smirlar terma jamoasi munosib himoya qildi.

Baxtiyorjon To‘raboyev boshchiligida musobaqaga yo‘l olgan 7 nafar yosh bokschimiz barcha raqiblarini mag‘lub etib, oltin medallarga ega chiqishdi. Bu – yuz foizlik natija demakdir!

G‘oliblar ro‘yxati:
-42 kg — Abduvoris Rahimjonov
-44 kg — Kamronbek Bahodirov
-46 kg — Javlonbek Mahamadisakov
-54 kg — Asadbek Esonboev
-60 kg — Ibrohim Shokirjonov
-80 kg — Jahongir To‘ychiboyev
+80 kg — Asadbek Sultonboev

Murabbiy: Baxtiyorjon To‘raboyev

Bu yutuq nafaqat yosh bokschilarimiz, balki O‘zbekiston boksi uchun ham muhim natija bo‘ldi. Yigitlarimizga kelgusida ham omad va yangi g‘alabalar tilaymiz!

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting