O'smirlar terma jamoamiz Urumchidagi xalqaro yig'inda ishtirok etadi
III MDH o'yinlari va Osiyo chempionati oldidan muhim tayyorgarlik
Rasm: Telegram
15–30 avgust kunlari Xitoyning Urumchi shahrida o'smirlar terma jamoamizning bir qismi xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inida qatnashadi. Mazkur yig'in kelgusi yirik musobaqalar — 27 sentabr – 8 oktyabr kunlari Ozarbayjonda o'tadigan III MDH o'yinlari hamda 22–31 oktyabr kunlari Bahraynda bo'lib o'tadigan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo o'yinlari oldidan muhim tayyorgarlik vazifasini bajaradi.
Tarkib:
Abdugani Yo'rqinjonov, N odir Nishonov, Habibulla Saynazarov, Bekzod Ismoiljonov, Asadbek Esonboev, Bobomurod Boymirzayev, Ibrohim Shokirjonov, Abrorbek Sharipov, Saidxo'ja Sadillaxo'jaev, Oybekjon Abdurahimov, Diyorbek Murodilloyev, Asadbek Sultanboev.
Murabbiylar: Xulio Li Echavarria, Sirojiddin Naimov, Baxtiyorjon Turaboev.
Bakradze Iman
Redaktor