locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

O'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati chorak finalida O'zbekiston yoshlari terma jamoasi 10 jang o'tkazdi

Boks 25 apr 2025 da 03:25
Bakradze Iman
Bakradze Iman
O'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati chorak finalida O'zbekiston yoshlari terma jamoasi 10 jang o'tkazdi
O'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati chorak finalida O'zbekiston yoshlari terma jamoasi 10 jang o'tkazdi

Ammanda (Iordaniya) boks bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda. 24 aprel kuni O'zbekiston sharafini himoya qilgan 10 nafar sportchi ringga chiqdi.
Janglar natijasi quyidagicha:
Muhammadali Istamov (–46 kg) Qozog'iston vakili Jo'mag'ali Nurmahonga hakamlar qarori bilan mag'lub bo'lib, musobaqani to'xtatdi.
Xabibulla Saynazarov (–48 kg) yarim finalga yo'l oldi. U filippinlik Jefferson Amayani 5:0 hisobida mag'lub etdi.
Farangiz Usvalieva (–46 kg) chorak finalda qozoqistonlik Shughila Zharasga 1:4 hisobida yutqazib, musobaqani yakunladi.
Shodiyona Melikoziyeva (–50 kg) qozoqistonlik Gulbanu Bekmurat ustidan 4:1 hisobida g'alaba qozondi.
Asadbek Esonboev (–52 kg) yarim finalga chiqdi. U Qirg'iziston sportchisi Nurislom Sirgakovni 5:0 hisobida mag'lub etdi.
Bobomurod Boymirzayev (–54 kg) tailandlik Sivu Chaynarong ustidan 3:2 hisobida g'alaba qozondi.
Asilbek Abduqadirov (–57 kg) qozoqistonlik Aziz Do'latni 4:1 hisobida yengdi.

Qumriniso Muhammadalieva (–52 kg) Xitoy Taybey vakili Chi-En Kooni 5:0 hisobida mag'lub etib, yarim finalga chiqdi.
Sabrina Chakamonova (–54 kg) Vetnam sportchisi Dang Thi Tanni ikkinchi raundda texnik nokaut bilan yengib, keyingi bosqichga yo'l oldi.
Farzuna Roziyeva (–57 kg) falastinlik Naval Hamadega qarshi jangda uchinchi raundda texnik nokaut orqali g'alaba qozondi.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting