Oskar De La Hoya Rayan Garsiyaga vaqtincha tanaffus olishni tavsiya qildi


Golden Boy Promotions rahbari va sobiq jahon chempioni Oskar De La Hoya amerikalik bokschi Ryan Garciyaga faoliyatini bir muddat to‘xtatishni maslahat berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Garciya jarohatlardan to‘liq forig‘ bo‘lishi va faqat 2026-yildan boshlab ringga qaytishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
“Yaqinda u operatsiya qildirdi. Endi yelkasi bilan bog‘liq muammolarni tekshirtirmoqchi. Men unga bir yilga tanaffus olish haqida o‘ylab ko‘rishni taklif qildim. Ruhiy jihatdan barqarorlikka erishishi kerak. Unga hech narsa yo‘qolmaydi — asosiysi, jarohatlardan to‘liq xalos bo‘lishi va hayotini izga solishi lozim.
Men bunday vaziyatlarni o‘z boshimdan o‘tkazganman. Har kim unga maslahat bermoqda, u esa hammasini qabul qilishga shoshilyapti. Ba’zida bir qadam orqaga chekinib, vaziyatga tanqidiy nigoh tashlash kerak. Bu mening shaxsiy fikrim. Umid qilamanki, u bir yillik tanaffus oladi va bu gaplarga quloq tutadi”, — dedi De La Hoya The Ring nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Ryan Garciya so‘nggi jangini 2025-yil may oyida o‘tkazgan va Rolando Romero qarshisida hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lub bo‘lgan edi.

Futbol
Kecha da 17:22

Futbol
Kecha da 15:36

Futbol
Kecha da 14:12