Osiyo yoshlar chempionati yarim finaliga chiqqanlar aniqlandi. 25 aprel janglari natijalari


Amman shahrida (Iordaniya) boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda. 25 aprel kuni ringga O‘zbekistonning to‘qqiz nafar vakili chiqdi. Ulardan ayrimlari yarim finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Janglar natijalari:
Abrorbek Sharipov musobaqa kunni g‘alaba bilan boshladi. U mezbon mamlakat vakili Hasan Salemni 60 kg vazn toifasida 4:1 hisobida yengdi.
Saidxo‘ja Sa’dillaxo‘jayev 63 kgda ukrainalik Bogdan Kozakni ishonchli ravishda mag‘lub etdi — 5:0.
70 kg vazn toifasida Dyorebek Murodilloyev Qozog‘iston vakili Quanysh Urumbasarni 5:0 hisobida yutdi.
Ayollar o‘rtasida 60 kgda Rushanabonu Isayeva Qirg‘izistonlik Simbat Uraimjonovaga qarshi jangda ikkinchi raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.
63 kg vaznda Charosxon Ergasheva ukrainalik Ekaterina Morozga 0:5 hisobida yutqazdi.
Xurshidbek Jo‘rayev 75 kgda Hindiston vakili Priyansh Sekhravatni 5:0 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi.
80 kg vazn toifasidagi chorrahbaksda Asadbek Sultonboev ukrainalik Dmitriy Kasyanenkoga 1:4 hisobida yutqazdi.
Superog‘ir vaznda (+80 kg) Artur Kenesbayev Iordaniyalik Omar Issudan ustun keldi — 5:0.
Kunni 70 kgdagi Ulbosin Jalg‘asbayeva yakunladi. U Tayvanning Chen Xuey Tzouni ikkinchi raundda nokautga uchratdi.

Futbol
Bugun da 07:40

Futbol
Bugun da 07:01

Maqolalar
Bugun da 04:20