Osiyo o‘yinlarida yuqori natijalarga erishgan bokschilarimiz tantanali ravishda taqdirlandi
Osiyo o‘yinlarida yuqori natijalarga erishgan bokschilarimiz tantanali ravishda taqdirlandi
Yaponiyada o‘tkazilayotgan XX Osiyo o‘yinlarida boks bo‘yicha munosib natijalarni qayd etgan sportchilarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan Abdumalik Xalokovga oltin, Jahongir Zokirovga kumush, Fazliddin Erkinboyevga esa bronza medallari topshirildi.
Taqdirlash marosimida O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adkham Ikramov, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov ishtirok etdi.
Mutasaddilar bokschilarni Osiyo o‘yinlarida erishgan natijalari bilan qizg‘in muborakbod etib, ularga kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tiladi.