Osiyo o‘yinlari. Bokschilar musobaqani yakunlashdi
Bugun Bahrayn davlatining Manama shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarining boks bahslari o‘z nihoyasiga yetdi.
Natijalarga ko‘ra, yigit-qizlarimiz musobaqani 5 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan yakunladilar.
Ushbu natija terma jamoamiz uchun musobaqadagi eng yaxshi ko‘rsatkichlardan biri bo‘ldi va qo‘shnilarimiz Qozog‘iston terma jamoasi ham vakillarimiz qayd etgan natijani takrorlashdi.
G‘olib va sovrindorlarimiz bilan tanishing:
Oltin medal:
-46 kg. Abdugani Yo‘rqinjonov
-60 kg. Ibrohim Shokirjonov
-75 kg. Diyorbek Murodilloyev
+80 kg. Asadbek Sultonboev
-60 kg. Rushanabonu Isoyeva
Kumush medal:
-66 kg. Saidxo‘ja Sadillaxo‘jayev
-54 kg. Qumriniso Muhammadova
-75 kg. Samira Turg‘unova
Bronza medal:
-50 kg. Nazokat Mardonova
-66 kg. Ulbosin Jalgasbayeva
Murabbiylar: Xulio Li Echavarria, Sirojiddin Naimov, Baxtiyorjon Turaboyev, Temur Ahboev, Eldor Holmatov, Mirxon Sodiqov.
Jamoa menejeri: Shaxboz Tavakkalov.
Ushbu musobaqada Bekjon Yusupov hakam sifatida faoliyat olib bordi.