locale OZ

Osiyo chempionlarini yurtimizda tantanali kutib olishdi

31 ta medal bilan qaytgan yosh va U-22 bokschilarimiz yurtimiz shaʼnini yana bir bor yuksaltirdi
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram

1–11 avgust kunlari Tailandning Bangkok shahrida yoshlar va 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqada O‘zbekistonning har ikki terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallab, jami 31 ta medalga sazovor bo‘ldi: 15 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza.

Bugun ertalab chempionlarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Tadbirda O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov, sport vaziri o‘rinbosari Shahrollo Mahmudov, federatsiya vakillari, ommaviy axborot vositalari va sportchilarning yaqinlari ishtirok etdi.

Rasmiylar g‘oliblarni yuqori natijalar bilan tabriklab, ularga kelgusi nufuzli musobaqalarda ham mamlakat bayrog‘ini baland tutishni tiladilar. Sovrindorlarga zarchopon va gullar topshirildi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting