“Olympic Club” navbatdagi professional boks oqshomini yuqori saviyada tashkil etdi
Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi qoshida faoliyat yuritayotgan “Olympic Club” navbatdagi professional boks oqshomini yuqori saviyada tashkil etdi. Mazkur boks kechasi reyting ballari uchun ahamiyatli janglar bilan sport muxlislari e’tiborini tortdi.
Turnir doirasida bir qator qiziqarli va murosasiz bellashuvlar bo‘lib o‘tdi. Ayniqsa, yurtimizni havaskor boks yo‘nalishida dunyoga tanitib kelayotgan iqtidorli bokschilarimizning professional ringda ham o‘z mahoratini namoyish etgani tadbirga alohida shukuh bag‘ishladi. Ular professional boks talablariga mos ravishda tayyorgarlik ko‘rib, muxlislarga yorqin janglar taqdim etdilar.
Reyting ochkolari uchun o‘tkazilgan janglar sportchilar uchun muhim bosqich bo‘lib, ularning xalqaro maydondagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi. Kecha davomida texnik jihatdan puxta tayyorgarlik, yuqori tezlik va kuchli zarbalar namoyish etildi. Ringda haqiqiy sport ruhi va g‘alabaga bo‘lgan intilish yaqqol sezildi.