locale OZ

Olimpiada-2028: Milliy federatsiyalar boksdagi yangi vazn toifalaridan norozi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Olimpiada-2028: Milliy federatsiyalar boksdagi yangi vazn toifalaridan norozi
Olimpiada-2028: Milliy federatsiyalar boksdagi yangi vazn toifalaridan norozi

Yaqinda Jahon boks tashkiloti Los-Anjelesda bo'lib o'tadigan 2028 yilgi Olimpiya o'yinlari uchun rasmiy vazn toifalarini e'lon qildi. Ammo ushbu qaror bir qator milliy boks federatsiyalarining noroziligiga sabab bo'ldi.

Xususan, Xitoy rasmiylari Jahon boks federatsiyasiga murojaat qilib, vazn toifalarini qayta ko'rib chiqishni so'rashdi. Irlandiya boks federatsiyasi ham bu talabni qo'llab-quvvatladi. Irlandiya Olimpiya o'yinlarida engil vazn toifalarida ko'p bora medallar yutgan, shu sababli ular ushbu toifani qayta kiritish tarafdori.

Eng ko'p e'tirozlarga erkaklar o'rtasida vazn toifalarining yettiga qisqartirilishi sabab bo'ldi. Endi eng engil vazn 55 kg etib belgilangan. Solishtirish uchun, Rio-2016, Tokio-2020 va Parij-2024 Olimpiadalarida 49, 51 va 52 kg vazn toifalarida ham medallar uchun kurash bo'lgan. O'zbekiston terma jamoasi aynan ana shu engil vaznlarda katta yutuqlarga erishgan — Hasanboy Do'smatov Rioda va Parijda O'zbekistonga oltin medallar olib kelgan.

Yangi reglamentga ko'ra, Los-Anjeles Olimpiadasida erkaklar 55, 60, 65, 70, 80, 90 va +90 kg vazn toifalarida, ayollar esa 51, 54, 57, 60, 65, 70 va 75 kgda raqobatlashadi. Milliy federatsiyalar esa vazn toifalarini yanada muvozanatli qilish va engil vazndagi iqtidorli yoshlar manfaatlarini himoya qilishni talab qilmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting