locale OZ

Olimjon Nazarov va Nodirjon Mirzaxmedov Toshkentda muxlislarni xursand qildilar

Poytaxtimizdagi janglarda ikki hamyurtimiz g‘alaba qozondi
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

Toshkentdagi “Jar” sport majmuasida professional boksning navbatdagi kechasi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik sportchilar muxlislar oldida munosib ishtirok etdi.

Kechaning markaziy jangida WBO Oriental va WBO International chempionlik kamarlari sohibi Olimjon Nazarov qirg‘izistonlik Mirlan Turkibay Uulu bilan to‘qnashdi. 10 raund davom etgan bellashuvda hakamlar qaroriga ko‘ra Nazarov g‘alaba qozondi.

Shuningdek, havaskor boksda muvaffaqiyatga erishgan Nodirjon Mirzaxmedov professional ringdagi debyutini nishonladi. U qozoqistonlik Assan Kalmaxanov ustidan ochkolar hisobida zafar quchib, prof boksdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting