locale OZ

Odilxon Kamolovning boksdagi debyutida raqib o'zgardi

Oshdagi ABL 4 turnirida Kamolov Manas Orozovga qarshi ringga chiqadi
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Odilxon Kamolovning boksdagi debyutida raqib o'zgardi
Rasm: Olamsport.uz

Bugun, 24-may kuni Qirg‘izistonning Osh shahrida Alatoo Boxing League 4 musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Mazkur turnirda o‘zbekistonlik aralash jang san’ati ustasi Odilxon Kamolov o‘zining boksdagi ilk jangida ishtirok etadi.

Avvalroq, u mezbon sportchi Marsel Nurlanbek Uulu bilan jang qilishi kerak edi. Ammo Liga matbuot xizmatining so‘nggi ma’lumotiga ko‘ra, bu jang ABL 4 doirasida bo‘lib o‘tmaydi. Shunga qaramasdan, har ikki sportchi ham musobaqada ishtirokini saqlab qolgan.

Yangi jadvalga ko‘ra, Kamolovning raqibi qirg‘izistonlik bokschi Manas Orozov bo‘ladi.

Janglar oqshomi Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da start oladi.

Eslatib o‘tamiz, Odilxon Kamolov avvalroq Octagon League tomonidan diskvalifikatsiya qilinganidan so‘ng, Alash Pride hamda Open FC MMA ligalari bilan shartnoma imzolagandi. ABL 4 turnirining to‘liq kardi:

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting