Nurofshonda “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” boks bahslari yuqori saviyada o‘tmoqda
Butun respublika bo‘ylab ommalashib borayotgan “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqalarining boks yo‘nalishi bugun Toshkent viloyatining Nurofshon shahrida yuqori ruhda davom etdi. Tadbirda Sport vazirligi va Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati ishtirok etib, boks bo‘yicha o‘tayotgan mintaqaviy bellashuvlarni kuzatishdi.
Ushbu bahslarda Angren, Ohangaron, Olmaliq, Nurofshon shaharlari, shuningdek, O‘rta Chirchiq va Ohangaron tumanlaridan kelgan yosh va umidli bokschilar ishtirok etmoqda.
Rahbarlar final uchrashuvlarini katta qiziqish bilan tomosha qilib, g‘olib va sovrindorlarga kelgusi bosqichlarda ham muvaffaqiyatlar tiladilar.
Musobaqa yosh avlodni sport orqali vatanparvarlik, intizom va ruhiy barkamollikka chorlashda muhim ahamiyat kasb etayotgani bilan alohida e’tiborga sazovor.