Nukus shahrida yangi sport maktabi binosi foydalanishga topshirildi
Tantanali ochilish marosimida davlat va sport tashkilotlari rahbarlari, jamoatchilik va sportchilar ishtirok etdi
Rasm: boxing.uz
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida qurilib yakunlangan sport maktabi binosi rasmiy ravishda foydalanishga topshirildi.
Ochilish marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi A. Orinbaev, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi bo‘lim boshlig‘i F. Turdiyev, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining Qoraqalpog‘istondagi bo‘limi ijrochi direktori Sh. Aytbaev, Boks federatsiyasi vakillari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sport vaziri E. Qutibaev hamda sport jamoatchiligi vakillari, murabbiylar va sportchilar ishtirok etdi.
Ochilishdan so‘ng marosim ishtirokchilari sport maktabida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
Bakradze Iman
Redaktor