Nokdaun. Kunni g’alaba bilan yakunladik!
PHOTO: Google
Boks bo’yicha Braziliya davlatida bo’lib o’tayotgan Jahon chempionatining ikkinchi kun kechki dasturdagi janglari bo’lib o’tdi.
Akmaljon Isroilov kechki dasturdagi bahslarimizni yakunlab berdi. -85 kg vazn toifasida jang qilgan bokschimiz ham keyingi bosqich masalasini ijobiy qal qila oldi. Bahs davomida shvetsariyalik Leonid Berishanini nokdaun holatiga tushirgan sportchimiz, raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi hamda ushbu jangda g’alaba qozonib, keyingi bosqich yo’llanmasini qo’lga kiritdi.
Shunday qilib Jahon chempionatida ishtirok etayotgan boks bo’yicha O’zbekiston terma jamoamiz a’zolari ikkinchi kunda ham g’alabali seriyani davom ettirdi.
Sportchilarimiz ishtirokidagi janglar natijalarini saytimiz orqali kuzatib boring.
Ibrohim Jalolov
Redaktor