locale OZ

Nodirjon Mirzaxmedov: Olimpiadada ishtirok etishim ehtimoldan yiroq emas

Ikki karra Osiyo chempioni havaskor boksga qaytish imkoniyati haqida gapirdi
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

O‘zbekistonlik mashhur bokschi, ikki karra Osiyo chempioni Nodirjon Mirzaxmedov havaskor boksdagi ehtimoliy rejalariga oid fikrini bildirib o‘tdi.

“Agar yana imkoniyat tug‘ilsa, Olimpiadada ishtirok etish mumkin. Hattoki, vazn toifalari ham o‘zgardi. Balki, o‘zimni sinab ko‘rarmandirman. Hali ham o‘zimni 18 yoshli yigitdek his qilaman. Alloh bergan kuch-quvvat tugaguncha jang qilishga tayyorman. Sportda zo‘rdan ham zo‘r chiqadi. Faoliyatimni tugatishga hali erta, deb o‘ylayman” , — dedi Mirzaxmedov.

Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli bokschi avgust oyi boshida professional ringda debyut qilib, birinchi jangini g‘alaba bilan yakunlagan edi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting